Rektor Elektromexanika fakulteti talabalari bilan uchrashdi

2019 yilning 6 sentabr kuni institut Faollar zalida institut rektorining Elektromexanika fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo’lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 may kuni O‘zMUda ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarining ijrosi yuzasidan (21-son bayonining 51-bandi (har bir oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bir oyda bir marta fakultetlar kesimida talaba-va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 maydagi 475-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori Ma’rufjon Rasulov ishtirok etdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi ta’lim sifatini yanada yaxshilash, talaba-yoshlarning fikrini o‘rganish hamda institutda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashga qaratildi.

Talabalar tomonidan stipendiya, turar joy, ishga kirish va boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirish masalalari yuzasidan savollar berildi.

Manba: Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti