Talabalarning ota-onalariga tabrik maktubi

Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar!
Sizni mustaqilligimizning 28 yillik bayrami bilan hamda farzandingizni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga talabalikka qabul qilinganligi bilan samimiy muborak etamiz!
Farzandingizga Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha to‘laqonli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Sizning Vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizga ishonamiz.

Institut rahbariyati