Davlat granti va to‘lov kontrakti asosida o‘qushga tavsiya etilgan abiturientlar diqqatiga

2019 yil 26-avgustdan 30 avgustga qadar institut qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni olib kelishingizni so‘raymiz:
1. Pasport asl nusxasi va nusxasi;
2. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asl nusxasi va nusxasi;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abiturientlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi va nusxasi;
4. 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

Talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarning hujjatlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi auditoriyalarda qabul qilinadi:
KUNDUZGI TAʹLIM ShAKLI:
1. 5111014 -Kasb ta’limi (5310600-Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) – 238 auditoriya;
2. 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 436 auditoriya;
3. 5230200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 436 auditoriya;
4. 5230400 – Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 435 auditoriya;
5. 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) – 435 auditoriya;
6. 5310200 – Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) – 234 auditoriya;
7. 5310600 – Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha); – 145, 146 auditoriya;
8. 5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) – 232 auditoriya;
9. 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) – 258 auditoriya;
10. 5311601 – Konchilik ishi: ochiq konchilik ishi – 283 auditoriya;
11. 5311602 – Konchilik ishi: er osti konchilik ishi – 283 auditoriya;
12. 5312200 – Konchilik elektromexanikasi – 283 auditoriya;
13. 5312300 – Marksheyderlik ishi -283 auditoriya;
14. 5313900 – Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish – 258 auditoriya;
15. 5314300 – Elektr transporti (turlari bo‘yicha) – 232 auditoriya;
16. 5314400 – Foydali qazilmalarni boyitish – 283 auditoriya;
17. 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) – 251 auditoriya;
18. 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish – 152 auditoriya;
19. 5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari (temir yo‘l transportida) – 512 auditoriya;
20. 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha) – 115 auditoriya;
21. 5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) – 114 auditoriya;
22. 5340600 – Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo‘yicha) – 207 auditoriya;
23. 5610600 – Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha) – 371 auditoriya;
24. 5620100 – Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) – 346 auditoriya;
25. 5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi – 452 auditoriya.

SIRTQI TAʹLIM ShAKLI:
Sirtqi ta’lim shaklining barcha ta’lim yo‘nalishlari 380 auditoriyada qabul qilinadi.