SAPR tizimlarini joriy etish bo`yicha memorandum imzolandi

2019 yilning 20 avgust kuni Toshkent temir yo’l muhandislari instituti va SERVICE YOU kompaniyasi orasida Memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlikni rivojlantirish haqidagi muhim hujjat imzolanishida Toshkent temir yo’l muhandislari instituti rektori Rasulov Ma’rufjon Halikovich va SERVICE YOU kompaniyasi rahbari Toshov Rustam Numonjonovich ishtirok etishdi. Imzolangan hujjat institutning o’quv jarayonlarida SAPR tizimlarini joriy etishni yanada rivojlantirish ehtiyojlarini tahlil qilish va aniq yo’nalishlar bo’yicha mavjud IT-landshaftni yaxshilash bo’yicha takliflar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan. Shuningdek, memorandum doirasida tomonlar dunyoning boshqa mamlakatlarida joriy qilingan ilg’or tajribalarga murojaat qilgan holda tarmoq miqyosidagi SAPR tizimini texnologiyasini tanlash va joriy etish bo’yicha muhokamani o’tkazadilar.

Ya.O.Ruzmetov