Yozni kamalak bilan

2019 yilning 28-iyun kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hovlisida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar ittifoqining Mirobod tuman kengashi bilan o‘zaro hamkorlikda Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” yuzasidan “Yozni kamalak bilan” loyihasi doirasida Toshkent shahar Mirobod tumani 174- va 147-umumta’lim maktablarida tashkil etilgan yozgi oromgohlar tarbiyalanuvchilari uchun ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut xotin-qizlari qo‘mitasi raisi N.SH. Xodjaeva ochib berdi va oromgoh tarbiyalanuvchilariga ta’til davrini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha ko‘plab foydali maslahatlar berib o‘tdilar. Yoshlarning sog‘lom kamol topishida sportning tutgan o‘rni hamda xotirani mustahkamlashda va ma’naviy onggini o‘stirishda kitob mutolaasining muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida sportning Taekwondo yo‘nalishi bo‘yicha Respublikada uchinchi o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari tomonidan sport chiqishlari namoyish etildi. Bunda yosh sportchilar o‘zlari egallagan Taekwondo jang san’atini tarbiyalanuvchilar e’tiboriga havola etdilar.

Tadbir jarayonida “O‘zbekiston qizil yarim oy” jamiyati a’zosi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollaridan bo‘lgan oromgoh hodimasi tomonidan interaktiv o‘yinlar va trening tashkil etildi.

Tadbir davomida diltortar taronalar yangrab maktab o‘quvchilari ijrosidagi raqslar namoyish etildi.

Institut matbuot xizmati