Institut rektori Ma’rufjon Rasulovning Ramazon hayiti tabrigi

Hurmatli hamkasblar va aziz talabalar!
Sizlarni mehr-oqibat, ezgulik va sahovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi sanalgan bu qutlug‘ bayram arafasida yaqinlaringizga samimiy tilaklarimni etkazishingizdan umidvorman.
Ta’lim-tarbiyaning kuch-qudratiga va ruhiy-madaniy kamolotiga yangicha yondashish jarayoni sezilayotgan ayni kunlarda xalqimizning ma’naviy kamoloti va ilmiy salohiyati yo‘lidagi faoliyatingizga bardavomlik tilayman!
Albatta, biz o‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam imon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini tushunib turibmiz.
Buyuk hadisshunos bobomiz aytganlaridek, ikki dunyo saodatini o‘ylab yashagan inson va jamoa hech qachon kam bo‘lmaydi. Institutimiz erishayotgan yutuqlarida ilm qidirib, Allohning roziligiga erishayotgan hamkasblarim va yoshlarimizning mehnatida deb, bilaman.
Xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin. Olayotgan bilimlarimiz va izlanishlarimiz ilmiy va insoniy jasorat, so‘nmas e’tiqodlarimizni yuksalishiga xizmat qilsin!
Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!