Navbatdagi memorandum imzolandi

29-31 may kunlari institumizga hamkorlik aloqalar o‘rnatish maqsadida Ural temir yo‘l Davlat universitetining “Tashishlar jarayonini boshqaruvi” fakultet dekani Maksim Vladimirovich Kirillov  tashrif buyurdi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Ural temir yo‘l Davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Memorandumga asosan institutning “Tashishni tashkil etish va boshqaruv”, “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash, magistraturaga qabul qilish va aspranturada ilmiy ish bilan shug‘ullanishlari to‘g‘risida kelishib olindi.

Memorandumga asosan kafedralar o‘rtasida 2019 yilning sentyabr oyida shartnoma imzolash ko‘zda tutilmoqda.Ushbu shartnomada o‘quv reja, ishchi o‘quv dasturlar muvofiqlashtiriladi va shu asosda bakalavr hamda magistrlarni o‘qishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Xayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri Ravshan Roziqov