Institut prorektori Anvar Adilxodjayev xalqaro kengashda e’tirof etildi

Institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Dilshod Baratov Rossiya Federatsiyasining Rostov shahrida o‘tkazilayotgan MDH davlatlari transport Kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’ruza qildi. Kengashda Rossiya Federatsiyalari transport sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda Belorusiya davlat temir yo‘l universiteti, Qozog‘iston transport va kommunikatsiya akademiyasi ishtiroki kuzatildi. Kengashda mamlakatimizdan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti vakillari ishtirok etmoqda.

Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Adilxodjayev Anvar Eshonovich nomiga transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun Tashakkurnoma topshirildi.

Institut matbuot xizmati