Institut rahbariyati xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

Institut prorektori Dilshod Baratov Rossiya Federatsiyasining Rostov shahrida o‘tkazilayotgan MDH davlatlari transport Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Tashrif doirasida institut prorektori Dilshod Baratov Rostov davlat temir yo‘l universiteti (RGUPS) rektori Vladimir Vereskun bilan uchrashdi. Muloqotda ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama diplom berish, magistratura va aspiranturada o‘qitish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish hamda xodimlar va talabalarning stajirovkalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Rostov davlat temir yo‘l universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Institut prorektori Dilshod Baratov Rostov davlat temir yo‘l universitetining ilmiy, o‘quv faoliyatdagi salohiyati bilan tanishtirildi. Universitet bo‘ylab ekskursiya jarayonida Nanotexnologiyalar markazi, Ko‘priklar va tonnellar, Vagonlar va vagonlar xo‘jaligi, Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika, Hisoblash texnikasi va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari, Logistika va transport tizimlarini boshqarish kabi kafedralarning ilmiy izlanishlari, o‘quv faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
MDH davlatlari transport Kengashi yig‘ilishi davom etmoqda.

Institut matbuot xizmati