Prezident tashabbusi kafedralar faolligiga turtki bermoqda

Davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.
Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus talabalar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Prezident tashabbusini targ‘ib qilish va ta’lim sifatini nazorat qilish maqsadida “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi yoshlarning rassomlik va grafika san’atiga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan “Men tanlagan yo‘l” bellashuvini o‘tkazdi. Intelektual musobaqaga Qurilish fakulteti boshlang‘ich kurs talabalari jalb etildi. Bellashuvda talabalar grafika san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon qildilar. Bellashuv xulosasiga ko‘ra IF-63 gurux talabalari «Eng zukko» va IF-64 gurux talabalar «Eng bilimdon» faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Institut matbuot xizmati