«CRAFERS» qandolatchilik fabrikasida ekskursiya tashkil qildindi

Iqtisodiyot fakulteti «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi assistenti Egamberdiyeva X.A. ООО «CRAFERS» qandolatchilik fabrikasida ekskursiya tashkil qildi. Ekskursiyada kuratorlar Atadjanova Z.S., Umarova D.R., Toshmatova M.S va MN-54, MN-53, IQ-182, TF-300 guruh talabalari qatnashishdi. Ekskursiyada talabalar 20 gektarli fabrika hududidagi 35000 kvadrat m li ishlab chiqarish majmuasidagi HAAS (Avstriya), Winkler (Germaniya), Polin (Italiya) vafli, shokolad, pechenye, konfet ishlab chiqaruvchi konveyer liniyalari bilan tanishishdi, ishlab chiqarish jarayonini qiziqish bn kuzatishdi. Ishlab chiqarish texnologi talabalarga konveyerlarni ishlash tartibi bn tanishtirdi. O’zbekistondagi #1 qandolatchilik fabrikasidagi ekskursiyadan talabalar va kuratorlar juda katta taassurotlar olishdi.