Faxr va g‘urur timsollari

Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari J.Ramatov, M.Agzamova va A.To‘ychievlar o‘z murabbiylik guruxlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga Mudofaa vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasining “9 may – Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan «Sovet-Yapon urushi»da ishtirok etgan vatandoshlarimizni taqdirlash tadbirida ishtirok etdilar.
Tantanali tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi bilan o‘zaro birodarlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustaxkamlash, Sovet-Yapon urushi ishtirokchilariga ehtirom ko‘rsatishga qaratildi. Xitoy Xalq Respublikasining suvereniteti va xududiy yaxlitligini saqlab kolishda fidoyilik va kahramonlik ko‘rsatgan xarbiylar xotirlandi.
Tadbirni Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Akmal Artikov ochib berdi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan xonim faxriylarni tabriklab qimmatbaho sovg‘alar ulashdilar.
Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansamblining kuy va qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Institut matbuot xizmati