Institutimizda «ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkilot faollari ko‘magida institut old maydoniga yig‘ilib, faollar zaliga taklif etildi.
Faollar zalida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdulaziz Gulamov va fakultet dekanlari ishtirokida tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda institut va qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. So‘ng tadbir ishtirokchilari e’tiboriga institut haqidagi xujjatli film va taqdimotlar havola etildi. Bitiruvchilarning ota-onalari, o‘rta maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari bergan savollar tadbirni har tomonlama mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Institut hududi bo‘ylab sayohat davomida mehmonlar o‘quv jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar, ilmiy va o’quv laboratoriyalari, poligonlar, sport va kurash zallari, ochiq va yopiq tennis kortlari, innovatsion markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muhandislik  sohalaridagi eng ilg‘or loyihalar bo’yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar va ularning hamroxlariga institutning ARM va muzeyida institut tarixi bilan tanishtirish ishlari amalga oshirildi.

Institut matbuot xizmati