Aniq maqsadlar va uzoqni ko‘zlagan rejalar sari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini tahminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3775 karorida belgilangan vazifalar ijrosini xamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi birinchi o‘rinbosarining 2018 yil 13 noyabrdagi «Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini yanada oshirish to‘g‘risida»gi 2026-NZ sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va institut professor – o‘qituvchilari, talabalari xamda mutaxassislarning malakasiini oshirish, shuningdek, zamonaviy o‘quv moddiy texnik bazalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Peterburg davlat temir yullar universiteti “Tonnellar va metropolitenlar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Yana Vladlenovna Melnik Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi mudiri U.Z. Shermuxamedov bilan birgalikda institutdagi o‘quv jarayoni, auditoriyalar va ilmiy laboratoriyalar, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Peterburg davlat temir yo‘l universitetining “Tonnellar va metropolitenlar” kafedrasi dotsenti Yana Melnik tashrifi mobaynida Qurilish fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar yurtimizdagi temir yo‘l transporti sohasida islohotlarning xorijliklar nigohida qanday gavdalanayotgani va ma’ruza yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumot oldi. Seminarlarda dotsent Ya.V. Melnik tonnelsozlikning MDH miqyosidagi rivojlanish tendentsiyalari, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston tajribasi, shuningdek bir qator mutaxassislik fanlari mavzulari haqida ma’ruza qildi. Jumladan, magistratura va bakalavriat talabalari “Transport kesishmalaridagi tonnellar”, “Tonnel obdelkasi konstruktsiyasi va materiallari”, “Metropoliten stantsiyalari”, “Transport va tog‘ tonnellarini loyihalash va qurishning o‘ziga hos xususiyatlari” va “Tog‘ bosimi” mavzularida ma’ruzalar tinglashdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tashrif mobaynida “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Peterburg davlat temir yo‘l universiteti “Tonnellar va metropolitenlar” kafedrasi dotsenti Yana Melnik ishtirokida konstruktiv ruhdagi o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ishchi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muloqot yakunlariga ko‘ra Toshkent temir yul muhandislari instituti “Ko‘priklar va tonnellar” va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti “Tonnellar va metropolitenlar” kafedralari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalari imzolandi. Har ikki kafedralar professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uzviy muloqotni davom ettirish va birgalikda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkazishga kelishib olindi. Kafedra assistentlari va magistrantlarini kelgusida Peterburg davlat temir yo‘l universitetining “Tonnellar va metropolitenlar” kafedrasida aspiranturani davom ettirishi yuzasidan fikr almashildi.

“ Ko‘priklar va tonnellar ” kafedrasi mudiri,
t.f.n., dotsent U.Z. Shermuxamedov