Dunyo olimlari institut talabalariga ma’ruza o‘qidi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 son qarori ijrosini ta’minlash hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy-texnik salohiyatini va mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida “Vagonlarning texnik diagnostikasi asoslari” fani doirasida ochiq ma’ruza o‘qish uchun Belarussiya davlat texnika universiteti dotsenti Anatoliy Vladimirovich Pigunov va Peterburg davlat temir yo‘l universitetining “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi dotsenti Aleksey Vyacheslavovich Yakushevlar tashrif buyurishdi.
Tashrif avvalida har ikki olimlar institutdagi o‘quv jarayonlari, dars berish uslublari, o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalari, ta’lim beruvchilar va ilm o‘rganuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Belarussiya davlat texnika universiteti dotsenti Anatoliy Vladimirovich Pigunov institut talabalari va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ta’lim dargohining imkoniyatlari keng ekanligini e’tirof etdi. Ilmiy salohiyatli mutaxassislar har bir davr va davlatda jamiyatni farovonlikka, barcha sohalarni rivojlantirishga etaklovchi kuch bo‘lishini aytib, bu yo‘lda talabalar va universitet pedagog jamoasiga ulkan muvaffaqiyat tiladi.
Peterburg davlat temir yo‘l universitetining “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi dotsenti Aleksey Vyacheslavovich Yakushev tashrif davrida Elektromexanika fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalar, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar yurtimizdagi temir yo‘l transporti sohasida islohotlarning xorijliklar nigohida qanday gavdalanayotgani va ma’ruza yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumot oldi.
Anatoliy Pigunov 16-19 aprel sanalarida “Zamonaviy temir yo‘l vagonlarining konstruktsiyalari va rivojlanish istiqbollari” kabi mavzularda ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzalari orqali yurtimizda ishlab chiqarilayotgan vagonlarning texnik yutuqlari, milliy vagonlarimizning potentsial salohiyatlari to‘g‘risida fikrlarini bildirib o‘tdi. Quyuv mexanika zavodida quymokorlik sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.
Aleksey Yakushev 18-19 aprel sanalarida bakalavriatning bitiruvchi bosqich talabalari, magistrlar va professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy muloqot va mahorat darslarini o‘tdi. Ilmiy muloqotlarda yangi avlod innovatsion vagonlarni yaratish, texnik ko‘rsatkichlari va ularni ta’mirlash texnologiyalari xususida so‘z bordi
Tashrif yakunida Belarussiya davlat texnika universiteti dotsenti Anatoliy Vladimirovich Pigunov va Peterburg davlat temir yo‘l universitetining “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi dotsenti Aleksey Vyacheslavovich Yakushevlarga amaliy tashrif uchun tashakkur bildirilib, kelgusida ham shu kabi tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha takliflar berildi.

“Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi mudiri,
t.f.d., professor Sherzod Fayzibaev