Bitiruvchilar mutaxassis bilan uchrashdi

2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qaror ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatida olib borilayotgan ishlar, tarmoqqa oid yangiliklar, sohani rivojlantirish istiqbolli yo‘llari, ishlab chiqarish bilan uzviy ravishda ta’lim mazmunini takomillashtirish maqsadida “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi seminar o‘tkazdi.
Seminarni “Ko‘prikqurilish” tresti UK texnik bo‘lim boshlig‘i I.A.Saminov “O‘zbekiston Respublikasida ko‘priklarning temirbeton elementlarini kuchaytirishning o‘ziga xos xususiyatlari va uning amaliyoti” mavzusida olib bordi. Uchrashuvning maqsadi bitiruvchi talabalarda kelgusida ishlaydigan ish joylari haqida tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlashga qaratildi.

«Ko‘priklar va tonnellar» kafedrasi mudiri U. Shermuxammedov