Tashkent City” turar joylar kompleksiga institut talabalarining tashrifi uyushtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, poytaxtimizda qurilayotgan yirik qurilish ob’ektlariga institut talabalarining ishlab chiqarish ekskursiyalarini o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Shu munosabat bilan “Tashkent City”, 1-Lot turar joylar kompleksi qurilish ob’ektiga institut talabalarining ishlab chiqarish ekskursiyalari uyushtirildi.
“Tashkent City”, 1-Lot turar joylar kompleksi o‘z ichiga 12 ga maydonni oladi. 9 ta turar joylar binosi, 1 maktab, 1 bog‘cha qurilishini qamrab olgan. Talabalarga ishlab chiqarish ekskursiyalari mobaynida “Tashkent City”, 1-Lot turar joylar kompleksi texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i hamroxlik qildi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan ko‘plab savollariga bevosita ishlab chiqarish qurilish tashkiloti mutaxassislaridan javoblar oldi.

Qurilish fakulteti dekani Asqar Babaev