“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqarmalari o‘quv seminarlari o‘tkazdi

Bugun Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqarma rahbarlari ishtirokida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Jamiyatning “Elektr ta’minoti” borshqarmasi boshlig‘i Mamurjon Sulaymonov va “Aloqa va signallashtirish” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xabibullo Atavullaevlar rahbarligida institutga tashrif buyurgan mutaxassislar dastlab bitiruvchilarning qiziqish doiralarini savol-javob orqali aniqlab oldilar.
Jamiyat mutaxassislari o‘z bitiruvchilariga ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llanilayotgan nanatexnologiya, temir yo‘l transportida yuzaga kelgan muammoli texnik vaziyatlarning sabablari va ularni bartaraf etish usullari haqida ma’lumotlar berdi.
Munozara shaklida tashkil etilgan o‘quv seminarlari Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti bitiruvchilari uchun navbatdagi master klass vazifasini o‘tadi. O‘quv seminarlari fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga xizmat qildi.

Matbuot xizmati