G‘oyalar ilmiy muloqotlar rivojiga xizmat qiladi

Ta’lim-tarbiya sohasida o‘tkazilayotgan chuqur o‘ylangan islohotlar, avvalo, ong va tafakkurdagi ijobiy o‘zgarishlarga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida yaratilayotgan malakali kadrlar tayyorlash tizimi o‘zining strategik maqsadlarga ega ekani bilan tarkibiy o‘zgarishlar davrida muhim rol o‘ynadi.
O‘zining mustaqil fikriga ega, zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ushbu tizim O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganini yaqqol ifodalaydi.
Mamlakatimizda o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilishga katta e’tibor qaratildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurgan Orlova Anna Mixaylovna Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ilmiy seminar o‘tkazdi.

Orlova Anna Mixaylovna – Peterburg davlat temir yo‘l universitetining “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi professori, texnika fanlar doktori, “Birlashgan vagon kompaniyasi” ilmiy-texnik rivojlantirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari.

Anna Orlova institut olimlari va magistrlari bilan bo‘lgan ilmiy muloqotda jahonda innovatsion vagonlar yaratish bo‘yicha top 10 talikka kiruvchi “Birlashgan vagon kompaniyasi” ning ilmiy klasteri xususida batafsil ma’lumot va tushunchalar berdi. Extiyojlari yangilanib borayotgan transport iste’molchilarining talablarini qondirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar ko‘magida  yaratilayotgan yangi avlod vagonlari xususida tahliliy ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Olim va amaliyotchi Anna Orlova ishtirokidagi ilmiy seminarning maqsadi yosh olimlar va magistrlarning innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda tashabbuskorligini oshirishga qaratildi.
Tashrif yakunida Anna Orlova institutda yosh olimlarning ilmiy izlanishlari bilan qiziqdi. Ilmiy laboratoriyalarni kuzatgan mehmon mustaqil tadqoqotchilarga yaratilgan sharoitlar va ularning va tadqiqot ob’ektlarini alohida e’tirof etdi.

Institut matbuot xizmati