G’oliblik muborak!

13 aprel kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining ikkinchi (saralash) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida respublika miqiyosida an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinmoqda. Bu albatta talaba-yoshlarning faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tanlovda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutlari o‘zaro bellashdilar.
Iqtidorli yoshlar bellashuvida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining “Rayosat” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va hududiy bosqichga yo‘llanma oldi.
G‘olib “Salomlashuv”, “Tezkor savol-javob”, “Muammo va echim”, “Sahnada tafakkur sinovlari” shartlari asosida aniqlandi.
Institut matbuot xizmati institutimiz yoshlarini navbatdagi g‘alaba bilan samimiy qutlaydi.

Institut matbuot xizmati