Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining yetakchi professor-o‘qituvchilari xalqaro seminarda qatnashmoqdalar

Ayni kunlarda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining yetakchi professor-o‘qituvchilari Jilina shahri (Slovakiya Respublikasi)dagi Jilina universetida Evropa Ittifoqi “Erasmus+” – “Intelligent Transport Systems: New ICT-based Master’s Curricula for Uzbekistan” – “INTRAS” loyihasi doirasida yangi tashkil etilayotgan “Intellektual transport tizimlari”mutaxassisligining me’yoriy va uslubiy ta’minotini yaratish bo‘yicha ishchi seminarda faol ishtirok etmoqdalar.
Loyihaning asosiy maqsadi intelektual transport tizimlari sohasida muhandislarning yangi avlodini tayyorlash, ularni o‘qitishning infratuzilma va tizimlarini yaratishga qaratilgan. Ushbu muhandislar O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari, transport, sanoat tarmoqlari va xususiy sektorlarning mahalliy va hududiy transport muammolarini hal qila olish layoqatiga ega bo‘ladilar.
Avstriyaning Klaginfurt Universiteti, Polshadan Gdansk Politexnika Uriversiteti, Slovakiyaning Jilina Universiteti bilan xamkorlikda ochiladigan ushbu yangi mutaxassislik Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab faoliyat yuritadi. Ta’lim ingliz tilida olib borish kuzda tutilgan.
Xalqaro seminarda zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda xalqaro va milliy tajribalar, ilm-fandagi yutuqlar, dolzarb muammolar, yangi yo‘nalish yuzasidan fikr-muloxazalar bildirilmoqda .