Axborot-resurs markazi talabalar maslahatchisi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Institut Axborot-resurs markazi «E-LINE PRESS» ma’suliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ARM xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etdi. Seminarda www.studentlibrari.ru saytidan foydalanish va ro‘yxatdan o‘tish shartlari tushuntirildi.
Toshkent Temir yo‘l muhandislari instituti talabalari ushbu saytda sohaga oid elektron kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalardan 3 oy muddatda bepul foydalanish imkoniga ega. Qo‘shimcha savollar va ma’lumotlar uchun Axborot-resurs markaziga murojaat qilishlari mumkin.

Nasiba Qayumova