Germaniyaning “DB Engineering & Consulting GmbH” vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rahbariyatining taklifiga ko‘ra 2019 yil 18 mart sanasida Germaniyaning “DB Engineering & Consulting GmbH” konsultantlar guruhi rahbari hamda Qarshi-Termez temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish bo’yicha loyiha rahbari Frank Presha, “O’zbekiston temir yo’llari”AJ Elektrlashtirish guruhi boshlig’i o’rinbosarlari Azizjon Shermuxamedov va Baxtiyor Yunusovlar institutga tashrif buyurishdi. Germaniyalik mutaxassis tomonidan institut professor-o’qituvchilari hamda talabalarga “Germaniya temir yo’llari” AJ rivojlanish konsepsiyasi mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Germaniyalik mutaxassis tomonidan Qarshi-Termez temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish bo’yicha 2015-2019 yillarga mo’ljallangan loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. “Germaniya temir yo’llari” AJ rivojlanish konsepsiyasi bilan tanishtirib, unda “DB Engineering & Consulting GmbH”ning o’rni haqida aytib o’tdi.  Shuningdek, “DB Engineering & Consulting GmbH”ning O’zbekistonda shu kunga qadar amalga oshirilib kelayotgan loyihalari bo’yicha batafsil ma’lumot berdi. Seminar yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob oldilar.