Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga Ufa Davlat Aviatsiya-texnika universiteti professori tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi birinchi o‘rinbosarining 2018 yil 13 noyabrdagi “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini yanada oshirish to‘g‘risida” 2026-NZ sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ufa Davlat Aviatsiya-texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori Marat Urakseev tomonidan 25-30 mart kunlari davomida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlariga institut professor-o‘qituvchi va talabalari taklif etiladi.
Batafsil ma’lumot uchun institut «Temir yo‘llari elektr ta’minoti» kafedrasi mudiri Sulton Amirov (904265341, 712990784, 45784)ga murojaat qilishingiz so‘raladi.