Totuvlik qadri

Ayni kunlarda ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, bejiz emac. Xalqimiz tomonidan ming yillar davomida ardog‘lanib kelingan bag‘rikenglik, totuvlik kabi tushunchalar yangidan-yangi avlodni tarbiyalaydigan qadriyatga aylandi.
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida turli ma’rifiy dastaklardan foydalanib kelinmoqda. Kuni kecha Mirobod tumani bosh imom hatibi Odil Xolmurodov va davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi ishtirokida “Ma’naviy barkamollik yo‘lida” mavzusida ma’rifiy ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruzachi Odil Xolmurodov o‘z so‘zida Prezidentimizning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining beshinchi bandida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi masalalarning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi ham davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashda muhim asos bo‘lib xizmat qilganligini, yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berilayotganligini keltirdi. Yig‘ilish ishtirokchilariga dinning xalqimiz ma’naviyatiga, ruhiyatiga o‘tkazayotgan hayotbaxsh ta’siri xususidagi fikr-muloxazalar bilan uqtirdi.
Ma’rifiy ma’ruza mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.
Berilgan barcha savollarga ma’ruzachi tomonidan aniq, to‘liq javoblar berildi va hayotiy misollar bilan to‘ldirildi. O‘tkazilgan davra suhbati talabalarning huquqiy madaniyatini oshirishda, o‘z hatti-harakatlariga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Matbuot kotibi Dilshod Rahmatov