Axborot xati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifa – axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 fevraldagi 133F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan 2019 yil 19 aprel kuni “GLOBALLAShUV ShAROITIDA TINCHLIK VA BARQARORLIKKA TAHDID SOLUVChI G‘OYAVIY, MAFKURAVIY VA AXBOROT XURUJLARIGA QARSHI KURASHISHNING ZAMONAVIY USULLARINI YARATISh” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Anjuman materiallari bo‘yicha to‘plam nashr etish rejalashtirilgan.

Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:
1. Globallashuv sharoitida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari va ularni oldini olish mexanizmlari
2. Axborot xurujlariga qarshi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy kurashishning asosiy yo‘nalishlari
3. Axborot xavfsizligini ta’minlashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning dolzarb muammolari
Anjuman ishida professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va iqtidorli talabalar qatnashishlari mumkin.
Anjumanda ishtirok etish uchun tezis va maqolalar joriy yilning 2019 yilning 5 apreliga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini rasmiylashtirish tartibi:
1. Anjuman materiallari bir nusxada va elektron shakllarda ikkita fayl: tezis (Nazarova_tezis) va talabnoma (Nazarova_zayavka) ko‘rinishida Word 2003, 2007 formatida Times New Roman, 14 keglь, satrlar oraligi 1,5 sm, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va o‘ngdan 2 sm qoldirilgan holda bo‘lishi shart.
2. Birinchi qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, 4-qatorda matn yoziladi (namunaga qarang).
3. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1,5 sm intervalda, satr boshi – 1sm, satrlarni eniga to‘g‘irlash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish – avtomatik tarzda bo‘lishi lozim.
4. Adabiyotlarning to‘liq ro‘yxati asosiy matndan so‘ng alifbo tartibida ko‘rsatilishi lozim.
5.Manba va adabiyotga ishora (ssilka)lar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang).
6. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3-5 bet bo‘lishi mumkin.
7. Anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
9. So‘nggi yalpi majlisda xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi.
10. Matn ilmiy-uslubiy, tahrir qilingan hamda sho‘’balarga mansubligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
11. Iqtidorli talaba va magistrlarning ilmiy maqolalariga professor-dotsentlar taqrizi talab etiladi.
12. Barcha talablarga javob bergan va tahrir hay’ati ko‘rigidan o‘tgan maqolalar ilmiy to‘plamga kiritiladi.
13. Taqdim etilgan maqola qabul qilingandan so‘ng, har bir saxifasi uchun 12 000 so‘m to‘lanadi.
Maqola nashri uchun to‘lovlar:
– Click yoki Payme orqali 8600020437242188 raqamiga yuborishingiz mumkin.
To‘lovni tasdiqlash uchun to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumot (skrinshot) yuborishingiz so‘raladi.