Dunyo olimlari bilan hamkorlik mustahkamlanayapti

Bugungi hayotimizni yangilash va isloh qilish borasida har qanday qimmatli g‘oyalar va fikr sohiblari bilan uchrashish nafaqat oliy ta’lim talabalari uchun, balki uning professor-o‘qituvchilari uchun ham butun bir maktab bo‘lishi muqarrar. Bu borada Prezident o‘z qarorlari bilan o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilishga umid bilan qaradi. AQSh, Yaponiya, Rossiya, Italiya va boshqa mamlakatlar olimlari ilmiy g‘oyalari va tavsiyanomalari bilan yurtimiz oliy ta’lim muassasalariga tashrifi ortib borayotganligi quvonarli holdir.
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida xafta davomida “University of California Berkeley” universiteti ilmiy laboratoriya mudiri Shaxzod Toxirov, “Yusen Logistics” kompaniyasi mutaxassisi Naruse Jiro, “Politecnico De Turino” universiteti professori Pierpaolo Riviera, Rossiya transport universiteti professori Dmitriy Levin va Uzoq Sharq davlat temir yo‘l universiteti professori Aleksey Balalaevlar ishtirokida ilmiy muloqotlar, ma’ruzalar va mahorat darslarining tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 sonli qarorida belgilangan vazifalar, hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi birinchi o‘rinbosarining 2018 yil 13 noyabrdagi “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini yanada oshirish to‘g‘risida” 2026-NZ sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash institut professor – o‘qituvchilari, talabalari hamda mutaxassislarning malakalarini oshirishga zamin bo‘lmoqda.
Rejaga muvofiq xafta avvalida “University of California Berkeley” universiteti ilmiy laboratoriya mudiri Shaxzod Toxirovning “AQShda temir yo‘l transporti tarmog‘ining talablaridan kelib chiqib – temir yo‘l izi, bino va inshoatlarni zamonaviy monitoring uslublari va lazerli skanerlashni qo‘llashning afzalliklari” mavzusidagi ilmiy ma’ruzasida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining mazmuni ochib berildi.

“Yusen Logistics” kompaniyasi mutaxassisi Naruse Jiro Yaponiya davlatining tranzit-logistika salohiyati va transport infratuzilmasi rivojlanish bosqichlari hususida mahorat darsini o‘tkazdi.


Bugun Rossiya transport universiteti professori, tabiiy fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, fan arbobi Dmitriy Levin va Uzoq Sharq davlat temir yo‘l universiteti professori Aleksey Balalaevlar ishtirokida «Integratsiyalangan transport maydonini yaratishning jahon va mintaqaviy tendentsiyalari» mavzusida ilmiy muloqot o‘tkazildi.


Ilmiy anjuman xorijiy olimlar, maxalliy etakchi mutahassislar, temir yo‘l sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, institut professor-o‘qituvchi va magistrantlarini birlashtirdi. Xorijiy olimlar O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilgan Transport vazirligi borasida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Institut matbuot kotibi Dilshod Rahmatov