E’lon – Slovakiyaning Jilina Universitetiga safar uyushtirish rejalashtirilmoqda

        Erasmus+ loyihasi doirasida institutimiszda bajarilayotgan «Intelegent transport systems: New ITS based master curriculum for Uzbekistan» loyihasi doirasida aprel oyida Slovakiyaning Jilina Universitetiga safar uyushtirish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 5310600-Yer usti transport tizimlari va 5620100-Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi yo’nalishlaridan birida 4-kursda tahsil olayotgan, bazaviy va mutaxassislik fanlarini yahshi o’zlashtirgan, ingliz tilida bemalol so’zlasha oladigan talabalardan 2 nafarini tanlab olish uchun 22.02.2019y. soat 12-20 da 232 auditoriyaga taklif qilinadilar. Yo’l va mehmonxona harajatlari grant mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Safar muddati 2019 yil 1-12 aprel.