Murabbiylar kengashi “Ajdodlar merosi” haftaligida faol ishtirok etdi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “Ajdodlar merosi” haftaligida institut Murabbiylar kengashi ham faol tashkilotchiga aylandi. Akademik guruhlarda institut murabbiylari “Ma’naviy meros qudrati” mavzusida ma’rifiy soatlar tashkil etdi.
Xaftalik davomida Iqtisodiyot fakulьteti Murabbiylar kengashi tashabbusi bilan fakulьtetning barcha ta’lim yo‘nalishlari jamoalari ishtirokida “Buyuk ajdodlarga extirom” mavzusida ma’rifiy-madaniy anjuman o‘tkazildi.
Jamoalar uchta shart asosida bellashdilar. Anjuman ishtirokchilari va xakamlarida talabalarning sahnalashtirilgan chiqishlari quvontirdi. Sahna asarlarida bugungi kun muammolarini Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur siymosida yoritib berilganligini barchada yaxshi tasurot uyg‘otdi.
Turli nominatsiyalar sohibiga aylangan talabalarga buyuk ajdodlarimizning boy umuminsoniy merosi ruhiy tetiklik va ko‘tarinkilik ulashdi.
Institut Murabbiylar kengashi raisi Feruza Mamurova tashkilotchi-murabbiylar A.Jalilov A.Djumanova, L.Xalikova, D.Umarova va N.Nazarovalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Fakulьtet Murabbiylar kengashi raisi Nilufar Babaxanovaga institut tashakkurnomasini topshirdi.

Matbuot xizmati