O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimovaning institut anjumanidagi nutqi

    Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligi va taraqqiyotining asoschisi” mavzusida o‘tkazilgan ma’rifiy anjumanda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova ma’ruza bilan ishtirok etgandi.
  E’tiboringizga Tatyana Karimovaning Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti jamoasi oldida so‘zlagan nutqini havola etilmoqda.

 

Assalomu alaykum, aziz yosh do’stlarim, hurmatli ustozlar, muhtaram rektor!

Ozbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugániyevich Karimov tavalludining 81 yilligi arafasida barchangizni Toshkent temir yo’l muhandislari institutida qutlashdan mamnunman.
Menga baxtli hayot uchun barcha yo’llari ochiq bo’lgan go’zal yoshlar ishtirokidagi shunday tadbirlarda qatnashish doimo huzur baxsh etadi. Islom Abdugániyevich Karimov o’sib kelayotgan yosh avlodda nafaqat porloq kelajakka bo’lgan umidni, balki bugungi kunda hal qilish ahamiyatiga ega bo’lgan harakat kuchini ko’rgan.
U mamlakatimizni sanoati rivojlangan davlatga aylanishini hoxlar edi, bunga esa faqatgina ilg’or texnologiyalar va iste’doli ziyoli insonlarning sayi harakatlari bilan erishish mumkin. Shu bois Ozbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun mustahkam poydevor yaratish uchun juda ko’p ishlar qilindi. Sizning institutingiz respublikaning eng muhim oliy o’quv yurtlaridan biridir.
Ko’p yillik ezgu an’analarga ega bo’lgan institutingiz bitiruvchilari o’zlarini ham Ozbekistonda ham xorijda ijobiy tarafdan tanitmoqdalar.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz temiryo’lchilari nafaqat poezdlarga xizmat ko’rsatish, balki yuzlab kilometr temir yo’llarni qurish, rekonstruktsiya qilish va elektrlashtirish, ko’priklar qurish va tunnellar o’tkazish kabi ishlarni amalga oshirishdi. Ozbekiston sobiq ittifoq hududida ilk bora shaharlararo tezyurar poyezdlar qatnovini amalga oshirgan davlatlardan biriga aylandi.
Bu yutuqlar nafaqat har bir loyihaning kelib chiqishiga turgan, balki ularning amalga oshirilishida faol ishtirok etgan Birinchi Prezidentning nomi bilan uzviy bog’liqdir.
U Ozbekistonni Buyuk ipak yo’li davrida bo’lgani kabi, odamlar va yuklar Tinch okeandan Yevropaga va Yaqin Sharqqa o’tishlari mumkin bo’lgan muhim transport markaziga aylanishini orzu qilgan.
Islom Abdug’aniyevich yangi Ozbekistonni o’z mehnatlari bilan yaratgan, uning infratuzilmasini kengaytirgan va rivojlantirgan insonlarni juda qadrlagan va qalbining tubidan har doim minnatdorchilik bildirgan.
Birinchi Prezidentimiz mustaqil davlat poydevorini barpo etdi, o’z mamlakatini va xalqini cheksiz sevdi, u har doim Ozbekistonni kelajagi buyuk davlat sifatida ko’rdi. Uning ko’p qirrali faoliyatining ma’nosi olijanob vazifani amalga oshirish, ya’ni – erkin va farovon Vatanni qurish edi.
Islom Karimov dunyoda sodir bo’layotgan voqealarning mohiyatini tushunuvchi, o’z mamlakati va xalqiga nisbatan katta mas’uliyat hissiga ega bo’lgan buyuk va uzoqni ko’ruvchi siyosiy davlat arbobi edi.
Bu makonda yashovchi odamlarning tarixiy donoligiga, ularning anánalari va ma’naviyatlariga asoslanib, Islom Abdug’aniyevich ko’p millatli xalqimizni birlashtira oldi va eng muhimi-Vatanga nisbatan faxr, gúrur hissini tikladi.
Aynan Islom Karimov rahbarligida mamlakatimiz juda murakkab tarixiy davrda mustaqillikka erishdi. Uning rahbarligida va uning bevosita ishtirokida Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ishlab chiqildi, davlat hokimiyatining samarali institutlari yaratildi, tinchlik va millatlararo totuvlik saqlab qolindi. Davlatimiz xalqaro hamjamiyatda munosib o’rin egalladi.
Fursatdan foydalanib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish ishini samimiy qo’llab-quvvatlagani va ushbu ishga katta hissa qo’shgani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Barchangizga: uchrashuv ishtirokchilari va tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligimni izhor etaman. Islom Abdug’anievichning yorqin xotirasiga bo’lgan samimiy tuyg’ularingiz uchun rahmat.
Umid qilamanki, Birinchi Prezidentimiz xotirasi bizning yuraklarimizda qoladi.
Barchangizga tinchlik, ezgulik va farovonlik, go’zal O’zbekistonimizga esa gullab yashnashi va taraqqiy etishini tilayman!
E’tiboringiz uchun tashakkur!