Innovasion g’oyalar temir yo’l xizmatida

Tizim yosh mutaxassislari o’rtasida o’tkazilgan “Eng yaxshi innovatsion g’oya” tanlovining yakuniy bosqichida Toshkent temir yo’l muhandislari instituti yosh olimlari faol qatnashdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tizimida yosh mutaxassislar o‘rtasida «Eng yaxshi innovatsion g‘oya» tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning maqsadi tizimda faoliyat yuritayotgan yosh intellekt egalarining ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini yanada rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish va o’zaro g‘oya almashinuvini ta’minlash, ishtirokchilarni rag‘batlantirishga qaratildi.

Tanlovning so’nggi bosqichida tashishlarni tashkil etish, yo’l xo’jaligi, lokomotivlardan foydalanish, vagon xo’jaligi, aloqa va signallashtirish, elektr ta’minoti, yuk va yo’lovchi tashish xizmati hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo’yicha ilmiy izlanishlar, turli ishlanmalar va loyihalar asosida ish olib borgan iqtidorli yoshlar saralandi, g’oliblar aniqlandi.

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti Avtomatika va telemexanika kafedra assistenti, texnika fanlari nomzodi Sunnatillo Tuymurodovich Boltaev innovasion ishlanmalari Aloqa sohasi bo’yicha“Eng yaxshi innovatsion g’oya” tanlovining g’olibi sifatida tan olinishiga xizmat qildi.

Shuningdek tanlovda institut professor-o‘qituvchilaridan Ziyoda Muxammedova, Yadgor Ruzmetov, Shinpo‘lat Suyunbaev, Muxammad Valiev, Malika Muxammedova, Shoxrux Qayumovlar faol ishtirok etdilar.

Institut talabalari, tarmoq stipendiatlari Baxtinur Sindorov va O‘lmas Nabievlar ham  «Eng yaxshi innovatsion g‘oya» tanlovida munosib qatnashishlari bilan barchaning e’tiborini qozondi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati