«HUQUQIY SAVODXONLIK- MAʹNAVIY EYTUKLIK MEZONI» MAVZUSIDA SEMINAR

Respublikamizda so‘nggi ikki yilda amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari, tavsiyalari va qarorlariga sharhlar hamda amaldagi sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun, mohiyati va ahamiyatini professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining, Vazirlar Mahakamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ-2881-son qarorining ijrosini so‘zsiz ta’minlash talab etilmoqda.
Buning uchun avvalambor, har bir muassasa va tashkilotda mehnat qilayotgan mas’ul xodimlar sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart.
Bu borada buyuk bobomiz Amir Temurning “Qonun hukmron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi” degan dono so‘zlari bugunda ham ahamiyatlidir.
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 2019 yil ilk kunlari ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun, mohiyati va ahamiyatini professor-o‘qituvchilar orasida targ‘ib etish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini respublika oliy ta’lim muassasalari pedagog, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ongiga singdirish, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot va fotolavhalarni oliy ta’lim muassasasining saytida va OAVda muntazam yoritib brishlik ko‘zda tutilgan.
Seminar-treninglarda institutning monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i dotsent R.Rajabbaev “O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining hamda so‘nggi 2 yilda ta’lim sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 15ta farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 21ta qarorlari hamda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 8ta qo‘shma qarorlarning mazmun, mohiyati va ahamiyati xususida ma’ruza qildi. Institutning mavjud 4ta fakultetida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda jami 220 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javoblar va munozarali masalalar muhokama etildi.
Seminar-treninglar yakuniga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi axboroti