Osuda yurtning fayzli bayrami

Davlatimiz rahbari Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, ko‘tarinki va ta’sirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarurligini ta’kidlagan edi. Sana munosabati bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida o‘tkazilgan tantanalarda ushbu taklif hamda tavsiyalar amaliy ifodasini topdi.
Mirobod tuman hokimiyati bilan hamkorlikda “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” shiori ostida tashkil etilgan “Armiya va yoshlar” festivalida minglab yigit-qizlar jamlandi.
Harbiylar marshi bilan boshlangan festival harbiy texnikalar va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr sadolari ostida saf yurishlar festival ishtirokchilarida unitilmas taassurot qoldirdi. Institut prorektori Dilshod Baratov festival ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
Bu tadbir zamirida xalqimiz uchun tinchlik, omonlik, bag‘rikenglik mustaqillik bergan eng bebaho ne’matligi, uni asrab-avvaylash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi anglandi.

Institut matbuot xizmati