Murabbiylik faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Institutda qishki ta’til davrida professor-o‘qituvchilarning faoliyati, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkillashtirish maqsadida bir qator o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Jumladan shu yilning 8-9 yanvar kunlari barcha fakultetlar kesimida “Murabbiylik faoliyatini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan uch bosqichli o‘quv seminarlari o’tkazildi. O‘quv seminarining bosh maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151 sonli qarorining ijrosini sifatli ta’minlanishini nazorat qilish hamda kelgusidagi vazifalarni belgilab olishga qaratildi.

Seminarlarning nazariy qismida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Dilshod Baratovning “Murabbiylik faoliyatini tashkil etishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari” mavzusidagi tahliliy taqdimoti, Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Raximberdi Rajabboevning “Prezident farmonlari, qarorlari, nutqlari va normativ me’yoriy–xuquqiy xujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati” mavzusidagi nutqi, institut psixologi Ra’no Baratovaning “Talabalar bilan psixologik induvidual intelektini rivojlantirish” mavzusidagi ko‘rgazmali maslahati hamda har bir fakultet faol talabasining “Yoshlar bilan ishlashda tarbiyaviy aspektning roli” mavzusidagi yondashuvlari tinglandi.

Seminarlarning amaliy qismida kichik guruhlarda professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy mas’uliyatini oshirishga doir treninglar tashkil etildi. Belgilab berilgan vazifalarga guruhlarda muqobil eychimlar qidirildi.

O‘quv-seminarlarining yakuniy – natijaviy qismida kichik guruhlarning xulosalari va taqdimotlari tinglandi. O‘quv seminari tanqidiy-tahliliy ruhda tashkil etildi. Anjuman ishtirokchilari takliflari bilan bir qatorda o‘z e’tirozlarini ham bildirdilar.

Fakultet bo‘yicha murabbiylik faoliyati natijalariga xulosalar yasaldi va ishtirokchi murabbiylarga sertifikatlar topshirildi.

Institut murabbiylar kengashi raisi F.I. Ma’murova