O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy kengashlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi jamoatchilik kengashining institut jamoasi bilan davra suxbati o‘tkazildi.
Vazirlikning 2018 yil 20 dekabrdagi 87-02-3845 sonli xati doirasida tashkil etilgan tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati, qabul qilinayotgan hujjatlar mazmun-mohiyati, ta’lim tizimida kutilayotgan yangiliklar, o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar haqida hayotiy misollar asosida fikr yuritildi.
– Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, – deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati boshlig‘i Farxod Babashev. – Ochiq muloqot tarzidagi bunday tadbirlarda yoshlarning faolligi, ba’zan juda o‘rinli takliflar bilan chiqayotgani quvonarli. Bugungi uchrashuvda ham talabalarni qiynayotgan masalalar xususida fikr almashildi, professor-o‘qituvchilarga maslahatlar berildi.
Shuningdek, xorij ta’lim muassasalari bilan hamkorlik va uni yanada kuchaytirish, ular bilan tajriba almashish, malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish hamda institutni bitirayotgan talabalarni ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Tadbir samimiy va ochiq muloqot asosiga qurildi.

Matbuot xizmati