Hamkorlik taklifi

 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarish, olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarni sanoat korxonalariga tadbiq etish, institutda bajarilagn doktorlik dissertatsiyalarni chet el ilg‘or universitetlarda himoya qilish hamda institut talabalari uchun ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotni tashkil etish maqsadida bir qator korxonalar bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarining 2017 yil 7 avgustdagi  «Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda jamiyat tizimi birliklari ishtirokini yanada kengaytirish to‘g‘risida»gi NOKp-005-sonli buyrug‘i asosida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining mutaxassis tayyorlovchi barcha kafedralar bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tegishli sanoat korxonalari orasida ilmiy-amaliy aloqalarga tayyanilmoqda.

Ishlab chiqarish korxonalarida barcha kafedralarning filiallari mavjud.

Masalan, Bino va sanoat inshootlari qurilishi kafedasining filiali “O‘ztemiryo‘lmontaj” AJ (Kapital qurilish boshqarmasi) da tashkil etilgan.

Temir yo‘l qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi kafedrasi filiali “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi”da mavjud va 2-sonli yo‘l masofasi distantsiyasida eksperimental poligon yaratilagan.

Vagonlar va vagon xo‘jaligi kafedrasining fililali “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJta va “Quyuv mexanika zavodi” ShKga mavjud.

Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi kafedrasining filiali “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ korxonasida joylashtirilgan.

“Yangi innovatsiyalar asosida dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish” yangi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida “Geoinnovatsion markazi” DUK bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, institut olimlari va xorijiy nufuzli universitetlar olimlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlar borasida tajriba almashuvlarini tashkil etish, chet el olimlarni institutga jalb etish, institut olimlarini xorijiy universitetlarda malakasini oshirish ishlarni tashkillashtirish maqsadida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalarni o‘rnatdi.

TTYMI quyidagi universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan:

  1. Belorussiya davlat transport universiteti, Belarus Respublikasi, Gomel;
  2. Karaganda davlat texnika universiteti, Qozog‘iston Respublikasi, Karaganda;
  3. Koreya milliy transport universiteti, Koreya Respublikasi, Chungju;
  4. M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent;
  5. M.Tinishpaev nomidagi Qozog‘iston transport va aloqa akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi;
  6. Moskva po‘lat va qotishmalar instituti (MISiS), Rossiya Federatsiyasi, Moskva;
  7. N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Rossiya Federatsiyasi, Moskva;
  8. G.I Nosov nomidagi Magnitogorsk davlat texnika universiteti, Rossiya Federatsiyasi, Magnitogorsk;
  9. Omsk davlat temir yo‘l universiteti, Rossiya Federatsiyasi, Omsk;
  10. Peterburg davlat temir yo‘l universiteti, Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg;
  11. Rossiya transport universiteti (MIIT), Rossiya Federatsiyasi, Moskva;
  12. Sileziya politexnika universiteti, Polsha, Katovitse;
  13. Uzoq Sharq Federal universiteti, Rossiya Federatsiyasi, Vladivostok.

 

Ilmiy tadqiqiot va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlash bo’limi