TAʹLIMDA KREATIV YONDASHUVLAR

Keyingi yillarda oliy ta’limni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan muhim hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy ta’lim standartlari, ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan dasturlar, ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reyting tizimi joriy etildi.

Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar mohiyatini institutimiz professor-o‘qituvchilari va keng jamoatchilikka atroflicha tushuntirish maqsadida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi. Seminar ishini institut rektori Marufdjan Rasulov boshqardi.

Rektor M.Rasulov davlatimiz rahbarining shu yil 24 oktabr kuni oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi mulohazalariga to‘xtalib o‘tdi. Seminarda institutning nufuzi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati yurtimiz ilmiy hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi fikrlar ilgari surildi.

Institutda ta’lim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari va yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish masalasida manzilli ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. M.Rasulov so‘z navbatini O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Saidahror Saidaxmedovich G‘ulomovga berdi.

 

“ … Saidahror Saidahmedovich G‘ulomov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor…”

 

Seminar ishida akademik S.S.G‘ulomov «O’zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasini sifatli amalga oshirishda intellektual qobilyatning roli» mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ta’lim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, mehnat bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar o‘rgatadigan, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradigan tizimni yaratishda xorijiy davlatlarning tajribasiga e’tibor qaratdi. Akademik S.G‘ulomov, professor-o‘qituvchilar o‘z salohiyatini yanada rivojlantirish borasida takliflar berdi. O‘qituvchining raqobatbardoshligini oshirishda xorijiy o‘quv adabiyotlarining, internetdagi axborot manbalarining kamchiliklarini topishni ham o‘rganish zarurlini uqtirdi. Buyuk ajdodlarimiz davomchilari “intellektual ta’lim muassasalari”da kashf etilishini qayd etdi.

Seminar yakunida rektor M.X.Rasulov akademik S.G‘ulomovga “jamoaning rasmiy tashakkurnomasi”ni topshirdi. Seminar ishining etakchisi – “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Rektor navbatdagi seminarda Rossiya Federasiyasida va xorijiy grant asosida Polsha davlatida xizmat safarida bo‘lib qaytgan professor-o‘qituvchilarning hisobot va ma’ruzalari tinglanishini belgilab berdi.