FAN YONG: “XITOY TALABALARI MA’RIFATLI O‘ZBEK YOSHLARI BILAN BIRGA YASHAYDILAR”

Institut talabalar shaharchasida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 2 mingga yaqin yigit-qiz istiqomat qilmoqda.  Yoshlarning qulay sharoitlarda yashashi uchun 6 talabalar turar joyi zamonaviy asosda jihozlangan.  Yana 10 ortiq madaniy-ma’rifiy inshoot,  kutubxona,  sport majmualari yoshlarni salohiyatli,  jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga hissa qo‘shmoqda.  Institutda mehmon bo‘lib turgan Charqiy Xitoyning Jiaotong universiteti prorektori janob Fan Yong boshchiligidagi delegatsiya institut rektori M. Rasulov hamrohligida talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida janob Fan Yong yotoqxonalarda tashkil etilgan “Harakatlar strategiyasi” va  “Ma’naviyat” xonalari,  kutubxona va oshxonalar bilan tanishar ekan,  talabalari bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtiroki xususida suxbatlashdi.  Janob Fan yashash xonalaridagi sharoitlarni ko‘rib,  “institutingizda ta’lim olishi kutilayotgan xitoylik talabalar ham shunday xonalarda yashaydilarmi?” deb so‘radi.  O‘zbek va xitoy talabalarining birga yashashi maqsadga muvofiqligi xususida fikrlar aytildi.   Talabalarning kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish masalalari delegatsiya a’zolarining diqqat markazida bo‘ldi.

Delegatsiya a’zolari talabalar shaharchasida muntazaam nishonlanib kelinadigan “Mexrjon” bayramida ishtirok etdilar.  Mexmonlar bayramning mazmun-mohiyati bilan tanishar ekan, talabalarning ma`naviy olamini boyitish,  tinchlikni qadrlash,  bunyodkorlikni targ‘ib etish orqali bashariyat taraqqiyotiga xizmat qilishi xususidagi ma’lumotlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Institut rektori M.Rasulov va janob Fan yoshlarni bayram bilan tabrikladilar.  Mamlakatimizda yoshlarga ta’lim va ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda olib borilayotgan islohotlarga hurmat bilan qarashini bildirib,  xitoy talabalarini O‘zbekistonga jo‘natish ishtiyoqi yanada kuchayganligini bildirdi.