“TTYMI e’tirofi-2018” tanlov natijalari tantanalar bezagiga aylandi

Institut faollar zalida “O‘qituvchi va murabbiy kuni”ga

bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

1997 yildan buyon yurtimizda “1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu sana ma’rifatparvar xalqimiz, bilimga chanqoq yoshlar uchun ham quvonchli ayomdir. Ko‘z nuri,  qalb qo‘ri va butun borlig‘ini ma’rifat yo‘liga bag‘shida qilgan mehridaryo ustozlarni ardoqlash, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanalgan.

Shu munosabat bilan, institutda tashkil etilgan tantanali yig‘ilishga faxriy ustozlar, institut jamoasi, iqtidorli talabalar, ilmiy izlanuvchilar va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi vakillari tashrif buyurdi.

So‘z institut rektori Ma’rufjon Rasulovga berildi. Institut rektori “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali yig‘ilish ishtirokchilarini tabrikladi. U o‘z tabrigida institut jamoasi oldida turgan maqsad va egallanayotgan marralarda jamoaning ahilligi, birdamligi va faolligining ahamiyatini qayd etib, barchaga mustahkam sog‘liq, o‘qish va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi rahbariyati tabrigini Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i  Navro‘z Erkinov o‘qib eshittirdi. Shuningdek, Navro‘z Erkinov bir guruh o‘qituvchilarga institut rektorining tashakkurnomalarini topshirdi.

Institut Kasaba uyushma raisi Ilьyos Xolboev uyushma tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilarga esdalik va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.

Milliy taraqqiyotimizning yangi davrida bevosita ta’lim-tarbiya sohasiga daxldor 100 dan ortiq Farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinganligi bu soha vakillarining faoliyati nechog‘li mas’uliyatli va yurt oldidagi xizmatlari ulug‘ ekanligidan dalolat beradi. Shu bois, institut rahbariyati tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan “TTYMI e’tirofi – 2018” tanlovi   g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi  barchaga birday zavq ulashdi. Tanlov “eng yaxshi faxriy o‘qituvchi”, “eng yaxshi kafedra mudiri”, “eng yaxshi fan o‘qituvchisi” va “eng yaxshi guruh murabbiyi” yo‘nalishlarida aniqlandi.

“Eng yaxshi faxriy o‘qituvchi” yo‘nalishida 1 o‘ringa “Temir yo‘llar elektr ta’minoti” kafedrasi professori Mirjalil Sagatovich Yakubov, 2 o‘ringa “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mukabar Axmetovna Toshpo‘latova, 3 o‘ringa “Informatika va kompьter grafikasi” kafedrasi professori Xolmatboy Maxkambaevich Shodimetov va “Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika” kafedrasi professori Abdulxaq Abdulxairovich Xoliqovlar munosib ko‘rildi.

“Eng yaxshi kafedra mudiri” yo‘nalishida 1 o‘rinni “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi mudiri Ikrom Saidakbarovich Kamalov, 2 o‘rinni “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri Ayjan Baxtiyarovna Djumanova, 3 o‘rinni «Oliy matematika” kafedrasi mudiri Dilfuza Baxramovna Eshmamatova va “Transport logistikasi va servis” kafedrasi mudiri Jamshid Renatovich Qobulovlar qo‘lga kiritdilar.

Eng tashabbuskor, mahoratli, fidoyi pedagoglarni aniqlash, tajribasini ommalashtirish, ta’lim jarayoniga tatbiq etish maqsadida “Eng yaxshi fan o‘qituvchisi” nominatsiyasida g‘oliblar aniqlandi. 1 o‘rin –“Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi dotsenti Shinpo‘lat Mansuralievich Suyunboev, 2 o‘rin – “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Guldora Salaxiddinovna Mustaeva, 3 o‘rin – “Temir yo‘l qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Zoytjon Vasitovich Kaxxarov va “Temir yo‘llari elektr ta’minoti” kafedrasi dotsenti Kamol Xamidovich Turdibekovlar taqdirlandilar.

Milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbi va ongiga Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirib kelayotgan institut guruh murabbiylari orasidan “Eng yaxshi guruh murabbiyi” unvoniga “Transport logistikasi va servis”  kafedra dotsenti Kamoljon Abdumo‘minovich Jo‘raboev, “Oliy matematika” kafedrasi assistenti Baxtiyor Botirovich Xolxo‘jaev, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Usmonjonovna Boboxonova va “Fizika” kafedrasi assistenti Shavkat Nig‘matovich Sayidjonovlar munosib ko‘rildi.

Tanatanali yig‘ilish so‘ngida iste’dodli talabalar ishtirokidagi kontsert dasturi namoyish etildi.