Yoshlar ma’naviyati kafedralar nigohida

21 sentyabr – Halqaro tinchlik kuni. Xalqaro tinchlik kuni 1981 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan joriy etilgan. 37 yil muqaddam qabul qilingan rezolyutsiyada dastlab mazkur sana sentyabrь oyining uchinchi seshanbasida nishonlanishi belgilangan edi. 2001 yilda BMT BA yana bir rezolyutsiya qabul qilib, mazkur sana 21 sentyabrda nishonlanishini e’lon qildi.

“Halqaro tinchlik” kuni munosabati bilan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida “yoshlar va tinchlik” xususida fikr yuritildi.

Talabalari ishtirokidagi ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini qaror toptirish hamda mustahkamlashga qaratildi. “Bilim va intellektual salohiyat” ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy tashviqot markazi katta mutaxassisi Rustam Shadmanbekovich Raimov tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot tashkil etib, talabalarning kiyinish madaniyati va muomala etikasining yoshlar hulqidagi ahamiyatiga to‘xtaldi. Yoshlarning kelajagi, eng avvalo, uning o‘ziga, ma’naviy qudratiga va ongining ijodiy kuchiga bog‘liqligi misollar asosida yoritib berildi.

Zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va hamjihatlikni mustahkamlash bilan yoshlar o‘z kelajagini yaratishi davra suhbatining xulosi sifatida qabul qilindi.