Yoshlarga oid davlat siyosati g’arb va sharqda

Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti “Yoshlarga oid davlat siyosati g’arb va sharqda” nomli tadbir o’tkazdi. Unda fakultet dekan muovinlari, Murabbiylar kengashi raisi va a’zolari, TF – 307 – guruh talabalari va guruh murabbiyi ishtirok etdi.

Tadbirda TF – 307 – guruh talabalari Buyuk Britaniya, Singapur, Tojikiston, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyoati, milliy tajriba bilan farqli va umumiy jihatlari, bu borada istiqboldagi rejalar xususida rus, ingliz va o’zbek tillarda taqdimot asosida ma’lumotlar berishdi.

— Buyuk Britaniya va Singapur davlatlaridagi yoshlarga oid davlat siyosatini ingliz tilida taqdimot qildim, — deydi talaba Abdulaziz Abduvaliyev. — Bu borada boshqa davlatlar tajribasini ham o’rgandim. Endi esa bugungi taqdimotlarda keltirilmagan boshqa davlatlar tajribasini ham o’rganishni hamda tegishli adabiyotlarni o’qishni boshlayman.

Instituit texnika sohasiga ixtisoslashgan bo’lsada, uning talabalari siyosiy, huquqiy va ijtimoiy sohalarda ham yuksak intellektual salohiyatga ega ekanligini ko’rish mumkin.

O’tkazilgan tadbir talaba – yoshlarning siyosiy – huquqiy madaniyatining yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etdi.