“Yoshlar marafoni” tashkil etildi

Respublikamizda 30 iyun “Yoshlar kuni”  deb e’lon qilinganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan bugun Mirobod tuman hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Mirobod tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yoshlar marafoni” tashkil etildi.

Tumanning 500 dan ortiq yoshlarini qamrab olgan Marafonga  Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti mezbonlik qildi. Marafon Ishtirokchilardagi bayram shukuhi, ularni “Finish”da kutib turgan bayram dasturiga ulanib ketdi.

Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram dasturi avvalida marraga birinchilardan bo‘lib etib kelgan g‘oliblar, Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi diplomlari bilan taqdirlandilar.

Bayram tadbirini honandalarning kuy-qo‘shiqlar-yu, raqqosalarning o‘yin-kulgulari yanada boyitib, ishtirokchilarda o‘chmas taassurotlar qoldirdi.