“Umid” yozgi bolalar oromgohida “Yozni kamalak bilan” nomli targ‘ibot aktsiyasini tashkil etdildi

2018 yil 26 iyul kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan shahrimizda joylashgan 83-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Umid” yozgi bolalar oromgohida “Yozni kamalak bilan” nomli targ‘ibot aktsiyasini tashkil etdildi.

“O‘zbekiston umumiy uyimiz”, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan aktsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, yozgi ta’til paytida bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish, ulardagi kitobxonlik madaniyatini oshirish, respublikamizda joylashgan tarixiy shaharlar va shaxslar to‘g‘risida ma’lumot berishdan   iborat bo‘ldi.

Yozgi ta’tilni Oromgohda o‘tkazayotgan 14 yoshgacha bo‘lgan 30 dan ortiq maktab o‘quvchilariga boshlang‘ich tashkilot faollari tomonidan “Estafeta”, “Kim chaqqon”, “Mening ta’tildagi taassurotlarim” kabi bir-biridan qiziqarli bo‘lgan turli o‘yinlar, o‘quvchilar bilimini, faolligini va dunyoqarashini oshirishga qaratilgan aktsiyalar tashkil etilib, musobaqalarda faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lganlarga Yoshlar ittifoqining esdalik sovg‘alari topshirildi.