Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga 2018/2019 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abiturientlardan sirtqi ta’lim shakliga hujjat qabul qilish boshlandi

Sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga abiturientlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun hujjatlar kunduzgi ta’lim shaklida mavjud bo‘lgan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qabul qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan;
  • 3,5×4,5 sm hajmdagi 8 dona fotosurat;
  • 086 va 63 shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.