“Talabalik bahori – 2018” festival g’oliblari Samarqandda

“Talabalik bahori” festival nizomiga ko’ra g’olib fakultet jamoasi yurtimiz tarixiy shaharlaridan biriga sayohat qilishi belgilangan edi.

Navbatdagi festival g’olibi – “Qurilish” fakulteti jamoasi Samarqand shahrining tarixdan so’zlovchi obidalari, muqaddas qadamjolari bilan tanishib keldi. Jumladan, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Islom Karimov, Amir Temur, Shohi Zinda va Doniyor (Daniel, Daniil) paygʻambar maqbarasi yodgorlik majmualari, Bibixonim va Imom al-Buxoriy Maqbarasi hamda Registon maydoni ana shular jumlasidan.

Shuningdek, festivaldagi faol ishtiroki uchun barcha talabalar Registon maydonida fakultet diplom yorliqlari bilan taqdirlandi. Samarqandliklar va sayyohlar uchun talabalarimizning “Eng yaxshi ommaviy raqs” ijrosi nominatsiyasida g’olib bo’lgan “Qoraqalpoqcha raqs”i barchaning olqishiga sazovor bo’ldi, xushkayfiyat ulashdi.

— Tarixiy kitoblardan olgan bilimlarimni sayohat davomida yanada mustahkamladim, — deydi talaba Zafar Ahadov. — Yangi do’stlar bilan tanishdik, sayyohlar bilan xorijiy tillarda suhbat uyushtirdik.