Sog‘lom turmush tarzi salomatlik va kelajak garovi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda “Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik va kelajak garovi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Yig‘ilishni prorektor Dilshod Baratov olib bordi, tadbir maqsadi, mavzui va ma’ruzachilari bilan tanishtirdi va shunday dedi: “Har birimizning jamiyatda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishimizda, uning rivojiga hissa qo‘shishimizda albatta sog‘lom turmush tarzi katta ahamiyatga ega. Ona sog‘lom, bo‘lsa farzand sog‘lom bo‘ladi, demakkim, oila ham sog‘lom bo‘ladi, shubhasiz, kelajagi buyuk davlatni har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodlar qura oladi. Shunday ekan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodlarni voyaga yetkazishda kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun mutaxassislarga so‘z navbatini beramiz”.

Shundan so‘ng so‘z navbati shifokorlar Muhammaddilshod Tursunov va Bekzod Ibodovlarga berildi. Mutaxassislar salomatlik, ruhiy va jismoniy salomatlik, tayanch harakat, yurak qon tomir, nafas va hazm sistemalari, salomatlikka ta’sir ko‘rsatuvchi zararli omillar, ularga qarshi kurash, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, turli yo‘llar bilan yuquvchi kasalliklar, virusli gepatit, oldini olish profilaktikasi xususida batafsil ma’lumotlar berdi.

Sog‘lom bola – avvalo, sog‘lom va ahil oilaning mevasidir. Oila hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilinadi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, o‘z Vatani va xalqiga sadoqatli bo‘lish kabi oliyjanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi.

— Qarindosh bo‘lmagan ota – onalardan nogiron bolalar tug‘ilishi, jumladan tug‘ma anomaliyalar – 2,5%, aqli zaiflik – 3% tashkil etadi, — deydi shifokor Muhammaddilshod Tursunov. — Qarindosh bo‘lgan ota – onalardan nogiron bolalar tug‘ilishi ikki barobar oshadi. O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning foizi – 4,2% – 8,2% tashkil etadi. Pokiston va boshqa Arabiston davlatlarida 10%dan oshiq.

Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bo‘lajak farzandning salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda 82 ga yaqin kasalliklar kelib chiqishi aniqlangan. Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda kasallik ta’siri 100dan 7 yo 8%ni tashkil qilsa, begona bo‘lganlar o‘rtasidagi ko‘rsatkich 100 dan 5 % ni tashkil qiladi. Jumladan, Yo‘ldosh gematomasi, TORCH infeksiyasi, Fetal viability, Thalassemia, Muscular dystrophies, Facioscapulohumeral-dystrophy FSHD (DNA), Colorectal cancer, temir moddasining oshib ketishi, vaznni keskin yengilligi, nogiron va aqliy o‘sishda yo rivojlanishida salbiy ta’sirlar yuzaga keladi.

Tadbir davomida talabalarga mavzuga doir film namoyish etildi. Talabalar tomonidan mutaxassisga turli savollar berildi. Mutaxassis tomonidan berilgan savollarga aniq va batafsil javoblar berildi.

TTE va TL fakulteti talabasi

Bunyod Jumaniyozov