“Qurilish” – “Talabalik bahori – 2018” festivali g’olibi

Avval xabar berganimizdek, an’anaviy festivalning 2018 – yilgi mavsumi o’z nihoyasiga yetdi.

G’oliblar, turli nominatsiya, faxriy, diplom yorliqlari va Samarqand shahriga yo’llanma egalari aniqlandi. Demak, tanishing, “Talabalik bahori – 2018” festivali g’oliblari quyidagilar

1. “Institut yil qo’shiqchisi” nominatsiyasi “Qurilish” fakultetidan Ziyaev Avazbek “Ey sabo” qo’shig’i

2. “Institut yil raqqosasi” nominatsiyasi “TTE va TL” fakultetidan Asqarov O’rinboy “Lagan raqsi” uchun

3. “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi Qodirov Ma’ruf “Iqtisodiyot” fakultetining sahnalashtiruvchi rejissori

4. “Eng mohir sozanda” nominatsiyasi “Iqtisodiyot” fakultetidan Muratov Jo’rabek “Musiqa cholg’usida kuy ijrosi” shartidagi chiqishi uchun

5. “Eng yaxshi she’r ijrosi” nominatsiyasi “Qurilish” fakultetidan A’zamjon Umaraliyev va Gavhar Urazimbatova “Hamid Olimjon va Zulfiya”ga bag’ishlovi

6. “Eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyasi “Iqtisodiyot” fakulteti dekan o’rinbosari Jalilov Arslon;

7. “Aktyorlik mahorati” nominatsiyasi “Elektromexanika” fakultetidan Sherzod Karimov “O’z bolangni o’zing asra” nomli sahna ko’rinishidagi roli uchun

8. “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti”dan Ilxom Tusunboev;

9. “Eng yaxshi suxandon (qiz/yigit)” nominatsiyasi “Qurilish” fakultetidan Urazimbatova Gavhar, “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti”dan Umidjon Majidov;

10. “Eng yaxshi sahna asari” nominatsiyasi “Iqtisodiyot” fakultetidan Mixail Lakrbay hikoyasi asosida intsinirovka “Mehmon”;

11. “Eng yaxshi folklor” nominatsiyasi “Iqtisodiyot” fakultetidan xorazmcha to’y marosimlari uchun;

12. “Festival kashfiyoti” nominatsiyasi “Elektromexanika” fakultetidan “Musiqa cholg’usida kuy” sharti uchun “Zarbli cholg’u”da Bahodir Qurbonov;

13. “Eng yaxshi ommaviy raqs” ijrosi “Qurilish” fakultetidan “Qoraqalpoqcha raqs”;

14. “Eng yaxshi xoreograf” nominatsiyasi “Iqtisodiyot” fakultetidan Dilrabo Bozoralieva;

15. “Muxlislar e’tirofini qozongan jamoa” “Iqtisodiyot” fakulteti;

16. “Eng madaniyatli jamoa” nominatsiyasi “Elektromexanika” fakulteti;

17. “Eng quvnoq va zukko jamoa” nominatsiyasi “Iqtisodiyot” fakulteti;

18. “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi “Iqtisodiyot” fakultetiga;

19. “Eng yaxshi devoriy gazeta” nominatsiyasi Mataev To’xtamurod “Qurilish” fakultetidan

20. Eng yosh fakultet kashfiyoti “Qurilish” fakulteti ishtirokchilariga berildi.

Festivalning mutloq g’olibi esa “Qurilish” fakulteti bo’ldi.

Shu bilan “Talabalik bahori – 2018” festivaliga yakun yasaldi va “Talabalik bahori – 2019”ga START berildi.

An’anaviy festival yil bo’yi davom etadi.

Bu yilgi festival ham o’z maqsadiga erishdi, desak mubolag’a bo’lmaydi, sababi iqtidorli, iste’dodli talabalar aniqlandi, rag’batlantirildi, intellektual va ijodiy potensiali qo’llab – quvvatlandi, institut jamoasining milliy urf – odat va qadriyatlarimizga bo’lgan qiziqishi hamda hurmati ortdi, talaba – yoshlarning badiiy salohiyati rivojlandi, jamiyat hayotidagi ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlar mazmuni qamrab olindi, teatr, musiqa san’ati, xalq an’analari hamda badiiy adabiyotga qiziqishlari yanada o’sdi. Quvonarlisi, oliy ilm dargohimizda ta’lim olayotgan turli millat vakillari orasida do’stlik aloqalari mustahkamlandi.