Namunali murabbiylar taqdirlandi

Institut 346 auditoriyasida “Elektromexanika” va “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakultetlari murabbiylik faoliyati yuzasidan tajriba almashish maqsadida yig’ilish o’tkazdi. Unda fakultet dekan o’rinbosarlari, institut murabbiylar kengashi raisi va kengash a’zolari, professor – o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Ushbu seminarda “Elektromexanika” fakulteti guruh murabbiyi M. Valiev o’zining 2017- 2018 – o’quv yilida murabbiylik faoliyatida olib borilgan ishlari xususida taqdimot qildi, ishtirokchilar tominidan berilgan savollarga javob berdi.

Seminar so‘ngida o‘quv yilining birinchi semestrida namunali murabbiylik faoliyati uchun qator murabbiylarga “Tashakkurnoma”lar taqdim etildi.

TTE va TL fakulteti talabasi

Bunyod Jumaniyozov