“Leading Engineers» to‘garagi tashkil etildi

“Chizma geometriya va muxandislik» grafikasi asistenti Mamurova Feruza Islamovna  tomonidan Yoshlar ittifoqi bilan kelishgan xolga “Leading Engineers» to‘garagi tashkil etildi. Bu to‘garakni Mamurova F.I. nazorati ostida  IF-53 gurux talabalaridan Abdugafforov Sh, Ibadullaev B., Ungarov M., Ortikov B., Mo‘minov Sh.lar ikki semestr davomida ish olib borishdi. Bu to‘garakda asosan o‘zlashtirish darajasi pasta bo‘lgan talabalar ishlandi. Bu to‘garakda xar bir talaba bilan individual yondashildi va  fan yuzasidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yaxshi natija berdi.

Kuni kecha shu to‘garakni yakunlash maqsadida tanlov o‘tkazildi. Bu tanlovda talabalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar. Bellashuvda  bitta chizma va uch ta nazariy savollar tarqatildi. Bellashuvning maqsadi eng kuchli talabalarni aniqlash.  Yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan talabalar Yoshlar Ittifoki tomonidan diplom va sertifikat bilan taqdirlandi.