Germaniyalik mutaxassis master – klass o’tkazdi

Germaniya Federativ Respublikasi “Maurer” kompaniyasining savdo ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mark Bressler Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga tashrif buyurdi. Mutaxassis tashrif davomida institut professor – o’qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi. Shundan so’ng institut ilmiy kengashlar zalida “Ko‘prik qurilishida seysmohimoyaviy tayanch qismlari, deformatsion choklar va dempferlarning o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanilishi” mavzuida taqdimot asosida master – klass, seminar o‘tkazdi. Unda “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi, “Qurilish” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.